EST. 2003 · Toshkent · 2026 · Sotsiologiya · Tadqiqot · Ta’lim
The Axmedova Review
Доктор философии по социологическим наукам(PhD)  ·  Feruza M. Axmedova
Главная· Книги· Шахар социологияси
Шахар социологияси
№ AX-BOOK · 2023

Шахар социологияси

АВТОР
Ахмедова Ф.М.
ГОД
2023
ИЗД-ВО
VNESHINVESTPROM
СТРАНИЦ
256
ISBN
978-9910-99670-2
ЯЗЫК
Узбекский

200 000 сум
ЦЕНА
Заказать книгу →
282 ПРОСМОТРОВ
Описание

О книге

Annotatsiya

O’quv qo’llanma shaharlardagi ijtimoiy munosabatlarni va bu sohasiga oid ijtimoiy
masalalarni sotsiologik tadqiq qilishni, shaharlarni o’rganishga oid turli xil qarashlar, Shahar
sotsiologiyasining predmeti bu sohasidagi qonuniyatlarni, shahar kommunikativ makon
sifatida namoyon bo'lishining o'ziga xos shakllarini ochib beradi. O'quv qo'llanmaning
nazariy qismi ushbu fanning bugungi ahvoli va istiqbolini, shahar qiyofasi – semantik
konstruksiya, marginallik shahar sotsiumining asosiy tavsifi, globallashuv va urbanizatsiya,
shahar hayoti, madaniyati va shaharga oid yangicha turmush tarzlari, shahar jarayonlari:
boshqaruv, rejalashtirish, rivojlantirish, qurilish va ekologiya sohasida ro'y berayotgan
hodisalar va jarayonlarni, shahar sotsiologiyasi fanining tarmoq yo‘nalishlari, ya’ni shaharni
aloxida ijtimoiy-xududiy uyushma sifatida o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari,
shaharning ijtimoiy strukturasi va ijtimoiy islohotlar muammolarini ochib berishga
mo'ljallangan. O‘quv qo‘llanma talabalar, o‘qituvchilar, shuningdek, “Shahar sotsiologiyasi”
fani bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
Аннотaция
В учебном пособии раскрываются социологические исследования социальных
отношений в городах и социальных проблем, связанных с этой сферой, различные
взгляды на изучение городов, закономерности в этой области предмета социологии
города, специфические формы проявления города как коммуникативное пространство.
Теоретическая часть учебника освещает современное состояние и перспективы этой
науки, образ города - смысловую конструкцию, основное описание городского
общества маргинальности, глобализации и урбанизации, городской жизни, культуры и
нового образа жизни, связанного с городом, городские процессы: управление,
планирование, развитие, можно раскрыть события и процессы, происходящие в сфере
строительства и экологии, отраслевых направлений науки социологии города, то есть
теоретико-методологические основы изучения города как обособленное общественно-
территориальное объединение, социальная структура города и задачи социальных
преобразований. Пособие предназначено для студентов, преподавателей, а также
широкого круга читателей, интересующихся наукой «Социология города», а также для
тех, кто интересуется данной проблемой.
Annotation
The textbook reveals sociological studies of social relations in cities and social
problems related to this area, different views on the study of cities, regularities in this area of
the subject of urban sociology, specific forms of manifestation of the city as a communicative
space. The theoretical part of the textbook covers the current state and prospects of this
science, the image of the city is a semantic structure, the main description of the urban society
of marginality, globalization and urbanization, urban life, culture and a new way of life
associated with the city, urban processes: management, planning, development, it is possible
to reveal the events and processes taking place in the field of construction and ecology,
sectoral areas of science of the sociology of the city, that is, the theoretical and
methodological foundations for studying the city as a separate social-territorial association,
the social structure of the city and the tasks of social transformations. The manual is intended
for students, teachers, as well as a wide range of readers interested in the science of «City
Sociology».SO‘Z BOSHI
Shahar sotsiologiyasining asoslarini tushunish uchun talabalar shahar va
makon sotsiologiyasining asosiy tushunchalarining mohiyatini, shahar makonini
o’rganishning eng muhim nazariy tushunchalarining mazmunini, shahardagi
funksiyalarini tushunishlari kerak. Kasbiy jihatdan ahamiyatli ko’nikmalarni
shakllantirish uchun (shahar infratuzilmasining ishlab chiqarish, ijtimoiy va
boshqa tarkibiy qismlarini sotsiologik tahlil qilish) talabalar shaharni empirik
o’rganishda asosiy sotsiologik yondashuvlarni qo’llashni o’rganishlari va tahlil
qilishlari kerak.
Oʼzbekistonda shahar infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholiga
yashash uchun qulay sharoitlar yaratish boʼyicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Yangi Oʼzbekistonda endilikda poytaxt va yirik shaharlardagi yangi qurilishlar
shahar tashqarisida amalga oshirilishi va daraxtlar kesilishi masalasiga alohida
eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, davlat rahbari «yashil hududlarni kamaytirish
holatlari tufayli turarjoy mavzelarida odamlar sayr qiladigan joylar
qolmayotganini» taʼkidlamoqda1.
Shahar sotsiologiyasi sohasini o’rganish talabalarga shahar muhitiga
tanqidiy sotsiologik nuqtai nazarni va sotsiologik nazariyalarni shahar kundalik
hayotini tahlil qilishda qo’llash qobiliyatini ta’minlash uchun mo’ljallangan.
Shaharning fazoviy-vaqtinchalik xususiyatlari va funksiyalarini hisobga olish
talabalarga makon va shaharning zamonaviy sotsiologik nazariyalarining
asoslari, shuningdek, shahar tuzilishining fundamental va amaliy jihatlarining
o’zaro bog’liqlik va o’zaro ta’sir usuli sifatida tushunishga imkon beradi.
“Yangi O‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, subyektiv
hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo’lgan, mamlakatimizdagi mavjud
siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo
etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga
to’la javob beradigan obyektiv zaruratdir”2 . “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot
strategiyasi” kitobida bayon etilgan yangi g‘oya va tashabbuslar saylovchilar,
butun xalqimiz bildirgan taklif, fikr hamda mulohazalar bilan umumlashtirilishi
va takomillashtirilishi hisobiga yanada sayqal topdi. Jumladan, 34- maqsadda:
Hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini
 
1 Mirziyoyev.Sh.M. «Toshkent va yirik shaharlarda yangi qurilishlar shahar tashqarisida amalga oshiriladi».
Toshkent, 17 avgust, 2021. https://www.gazeta.uz/oz/2021/08/17/president/
2 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To’ldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent:
“O’zbekiston” nashriyoti, 2022. – 416 bet.
45
hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish; 36-maqsadida:
Toshkent shahri va hududlarda jamoat transporti tizimini takomillashtirish va
uning infratuzilmasini rivojlantirish; 79- maqsadida: Aholi salomatligi va
genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish;
80- maqsadida: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va
tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini
amalga oshirish vazifalar belgilab olingan3.
Talabalar uchun “shahar sotsiologiyasi” o’quv kursini o’zlashtirish
mezoni quyidagi umumiy kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish hisoblanadi:
- tanqidiy idrok etish, umumlashtirish, kasbiy ma’lumotlarni tahlil qilish,
maqsadni belgilash va unga erishish yo’llarini tanlash qobiliyati;
- ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar va jarayonlarni xolislik va ilmiy xolislik
bilan tahlil qilish qobiliyati;
-sotsiologik nazariya asoslari va sotsiologik tadqiqot usullari bo’yicha asosiy va
kasbiy profillangan bilim va ko’nikmalarni kasbiy faoliyatda qo’llash
qobiliyati.
Kursni o’rganishda talabalar shahar turmush tarzi va shahar
madaniyatining xususiyatlari, ijtimoiy-hududiy tuzilishi, zamonaviy jamiyatdagi
shaharning rivojlanish dinamikasi va o’zgarishlarini tushunishga yordam beradi.
Mazkur o'quv qo'llanmada “Shahar sotsiologiyasi” fanidan mavzularga oid
asosiy savollar, tayanch tushunchalar, nazariy matn, mustaqil o‘zlashtirish
uchun savollar, testlar berilgan.

Предпросмотр

Скачать PDF

Другие книги

Все книги →