EST. 2003 · Toshkent · 2026 · Sotsiologiya · Tadqiqot · Ta’lim
The Axmedova Review
Доктор философии по социологическим наукам(PhD)  ·  Feruza M. Axmedova
Главная· Книги· Тиббиёт социологияси
Тиббиёт социологияси
№ AX-BOOK · 2025

Тиббиёт социологияси

АВТОР
Ахмедова Ф.М.
ГОД
2025
ИЗД-ВО
GRAND KONDOR PRINT
СТРАНИЦ
220
ISBN
978-9910-8006-7-2
ЯЗЫК
Узбекский

300 000 сум
ЦЕНА
Заказать книгу →
433 ПРОСМОТРОВ
Описание

О книге

Annotatsiya

Ushbu darslik “Tibbiyot sotsiologiyasi” fanidan 60311000 – “Sosiologiya” yo‘nalishida tahsil
olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tibbiyot sohasidagi ijtimoiy munosabatlar,
sog‘liqni saqlash tizimining ijtimoiy asoslari, tibbiy xizmatdan foydalanish madaniyati va
aholining ijtimoiy salomatligi masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Darslikda tibbiyot
sotsiologiyasining ilmiy-nazariy asoslari, uning fanlar tizimidagi o‘rni, asosiy tushuncha va
yo‘nalishlari keng yoritilgan. Shuningdek, tibbiy muassasalarning ijtimoiy faoliyati, bemor va
tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar, bioetika, yotrog‘eniya, nogironlik, pandemiyalar va
tibbiy xizmatga ishonch kabi mavzular atroflicha tahlil qilingan. Har bir mavzu so‘ngida kalit
so‘zlar, nazorat savollari, mustaqil ish va test topshiriqlari keltirilgan bo‘lib, ular talabalarning
nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat
qiladi. Darslik modul tizimi asosida tuzilgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasini sotsiologik tahlil
etishga qiziquvchi talabalar, magistrantlar, soha mutaxassislari va tadqiqotchilar uchun qo‘llanma
sifatida tavsiya etiladi.
Аннотация
Данный учебник предназначен для студентов бакалавриата по направлению
60311000 – «Социология» и посвящён изучению социальных аспектов здравоохранения,
социальным отношениям в медицинской сфере, а также социокультурным факторам,
влияющим на состояние здоровья населения. В учебнике подробно изложены теоретико-
методологические основы медицинской социологии, её место в системе социальных наук,
ключевые понятия и основные направления. Особое внимание уделено анализу
деятельности медицинских учреждений, отношениям между пациентами и медицинскими
работниками, вопросам биоэтики, ятрогении, инвалидности, пандемий и доверия к
медицинским службам. Каждая тема сопровождается ключевыми словами, контрольными
вопросами, заданиями для самостоятельной работы и тестами, что способствует
формированию аналитического мышления студентов и закреплению полученных знаний.
Учебник составлен в соответствии с модульной системой и рекомендован для студентов,
магистрантов, исследователей и специалистов, интересующихся социологическим
анализом в области здравоохранения.
Annotation
This textbook is intended for undergraduate students majoring in 60311000 – “Sociology” and is
devoted to the study of social aspects of healthcare, social relations in the medical field, and the
sociocultural factors influencing public health. The textbook presents the theoretical and
methodological foundations of medical sociology, its place in the system of social sciences, key
concepts, and primary areas of research. Special attention is given to the analysis of medical
institutions’ activities, relationships between patients and healthcare providers, as well as topics
such as bioethics, iatrogenesis, disability, pandemics, and public trust in medical services. Each
chapter includes keywords, review questions, independent study assignments, and test tasks to
help students consolidate their knowledge and develop critical thinking skills. The textbook is
designed in accordance with the modular system and is recommended for students, graduate
students, researchers, and professionals interested in sociological analysis in the field of
healthcare.
SO‘Z BOSHI
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqnisaqlash tizimini tubdan
isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tibbiy muassasalarni
samarali boshqarish, aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va tibbiyot
xodimlarining malakasini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga
oshirilmoqda. Bu jarayonlarda tibbiy xizmat faqat tibbiy yondashuv emas, balki
uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy oqibatlarini ham hisobga olish zaruratini kun
tartibiga olib chiqmoqda.
Aynan shu nuqtai nazardan qaralganda, tibbiyot sotsiologiyasi fanining
ahamiyati ortib bormoqda. Chunki sog‘liqni saqlash tizimida faqat tibbiy
muammolar emas, balki ijtimoiy tafovutlar, sog‘liqka ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar,
tibbiy institutlar va aholi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, tibbiy xizmatlardan
foydalanishdagi tengsizlik, bioetik muammolar kabi masalalar muhim o‘rin tutadi.
Tibbiyot sotsiologiyasi ana shunday murakkab va dolzarb masalalarni ilmiy asosda
tahlil qilishga xizmat qiladi.
Qo‘lingizdagi ushbu darslik 60311000 – “Sotsiologiya” ta’lim yo‘nalishi
talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, modul tizimi asosida ishlab chiqilgan. Unda
tibbiyot sotsiologiyasining ilmiy-nazariy asoslari, tadqiqot ob’ekt va predmeti,
sog‘liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlar, tibbiy xizmatlardan foydalanish
madaniyati, tibbiy kadrlar va bemorlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar, bioetika va
yatrog‘eniya, invalidlikning ijtimoiy jihatlari, pandemiyalar va ommaviy
kasalliklarning ijtimoiy oqibatlari, shuningdek tibbiyotda ishonch va muomala
madaniyati kabi mavzular qamrab olingan.
Darslikda har bir mavzu mukammal yoritilib, unda nazariy tushunchalar,
ilmiy tahlillar, zamonaviy tadqiqot natijalari hamda amaliy misollar bilan boyitilgan.
Darslikni tayyorlashda tibbiyot sotsiologiyasi bo‘yicha zamonaviy milliy va xorijiy
adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar hamda mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan tibbiy islohotlardan keng foydalanildi.
Ushbu darslik sotsiologiya yo‘nalishi talabalari uchun asosiy o‘quv manba
sifatidagina emas, balki tibbiyot va ijtimoiy fanlar kesishmasida tadqiqot olib
borayotgan magistrantlar, pedagoglar, soha mutaxassislari uchun ham qo‘llanma
vazifasini bajarishi mumkin.
Umid qilamizki, ushbu darslik Siz, aziz o‘quvchilarning ilmga bo‘lgan
qiziqishini yanada oshiradi, sog‘liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy muammolarga
ilmiy yondashish ko‘nikmalariga ega bo‘lishingizga xizmat qiladi.
Hurmat bilan,
Muallif

 


Предпросмотр

Скачать PDF

Другие книги

Все книги →